Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «777» avtoraqami 315 mln so‘mga sotildi

Toshkentda «777» avtoraqami 315 mln so‘mga sotildi

Joriy yil 1-yanvardan 7-yanvargacha bo‘lgan davrda avtoraqam.uzex.uz savdo tizimiga jami 23,7 mingta avtoraqamlar joylashtirilgan bo‘lib, shundan 19 573 tasi jismoniy shaxslar uchun va 4 127 tasi yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Ko‘rilayotgan davrda 143 ta avtoraqamlar bo‘yicha autsion savdolar amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami summasi 11 mlrd 441,9 mln so‘mni tashkil etdi. Amalga oshgan bitimlarning 98 foiz ulushi jismoniy shaxslarga (11 mlrd 203,3 mln so‘mga teng 3 075 ta avtoraqam) va 2 foiz ulushi yuridik shaxslarga (238,7 mln so‘mga teng 68 ta avtoraqam) to‘g‘ri keladi.

Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 3,6 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 315,2 mln so‘mni tashkil qildi.

Bundan tashqari, elektron auksionda ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar soni 625 917 nafarni tashkil etib, ulardan 599 679 nafari jismoniy shaxslar va 26 238 nafari yuridik shaxslar bo‘lgan.

Hududlar kesimida esa bitimlar soni va summasi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘lgan. Masalan, birgina 1-toifaga kiruvchi «777» avtoraqamining o‘rtacha narxi 178 mln 670 ming so‘m, bitim summasi esa 315,2 mln so‘mni tashkil qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring