my.gov.uz — yosh onalar tanlovi!
Egizaklarimga homiladorligim oson o‘tmagan. 3 yashar o‘g‘lim juda injiq, sho‘xligidan uni eplash bir o‘zimga ancha qiyinchilik tug‘dirdi. Yosh oilamiz, barcha yaqinlarimiz Buxoroda, turmush o‘rtog‘im kun bo‘yi ishda. Bolamni bog‘chaga berish haqida aytsam hamma “hozir bog‘chaga joylash qiyin, u idoraga borasan, bu idoraga borasan“, deb vahima qilishardi.
O‘g‘lim shunaqangi sho‘xki, uni yetaklab Davlat xizmatlari markaziga borish men uchun haqiqiy azob edi. Yaxshiyam o‘shanda internetda my.gov.uz haqida ko‘rib qoldim, ro‘yxatdan o‘tib, “Bolalarni davlat bog‘chasiga joylashtirish“ tugmasini bosdim.
Uydan chiqmay turib, xaritadan o‘zimizga eng yaqin 3 ta bog‘chani tanladim va arizani jo‘natdim. Bor-yo‘g‘i 10 daqiqada ishim hal bo‘ldi! Hech qayerga borganim yo‘q, hech kimga iltimos qilmadim. Har hafta telefonimda navbatimiz kelib qoldimi-yo‘qmi onlayn kuzatib bordim. Shundan keyin hech kimga quloq solmay, davlat idoralari bilan bog‘liq nima yumushim bo‘lsa my.gov.uzda shu xizmat bormikin deb tekshiradigan bo‘ldim.
Tug‘ruq ta’tilida bo‘lganim uchun birinchi safargidek ishxonamdagi bugalterdan menga qancha “dekret puli" tayinlanganini qayta-qayta so‘rab, asabimni buzmadim, my.gov.uzning “Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tekshirish“ xizmatiga kirdim. Tizim shifoxonadan berilgan elektron “bolnichniy“ varaqam asosida menga qancha “dekret puli" hisoblangani va jarayon qaysi bosqichda ekanini bir pasda ko‘rsatib berdi.
Hatto egizaklarimga guvohnoma olish, poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yish hullas hamma yugur-yugurlarni turmush o‘rtog‘imni ham ovora qilmasdan my.gov.uzning kompozit xizmatlari orqali o‘zim osongina hal qildim.
my.gov.uzdek yordamchimiz bor ekan — biz o‘zbek ayollari endi navbatlarda vaqt yo‘qotmaymiz, qimmatli vaqtimizni ko‘proq oilamizga bag‘ishlaymiz!


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter