Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2018-yilgi Davlat dasturi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi

2018-yilgi Davlat dasturi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi

Foto: «Uzpse.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» yilida 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishni imzoladi.

Farmoyishga ko‘ra, Prezidentning Davlat maslahatchisi Otabek Murodov boshchiligida dastur loyihasini tayyorlash bo‘yicha jamlovchi ishchi guruhi tashkil etildi.  Ishchi guruh zimmasiga 2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishni tanqidiy tahlildan o‘tkazish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, jamoatchilik, milliy va xalqaro ekspertlar fikrini o‘rganish natijalarini jamlash vazifasi topshirilgan.

Dastur loyihasi 2018-yilning 5-yanvariga qadar tayyorlanishi lozim, so‘ng 5—15-yanvar kunlari oralig‘ida loyiha keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Ushbu muhokama natijalari va kelib tushgan takliflar tahlili asosida 20-yanvar kuniga qadar davlat dasturining yakuniy loyihasi tayyorlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring