Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

7 davlatga 30 kunlik vizasiz rejim, 39 tasiga soddalashtirilgan vizalar

7 davlatga 30 kunlik vizasiz rejim, 39 tasiga soddalashtirilgan vizalar

Foto: «Regnum.ru»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmonda Isroil, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Yevropa ittifoqi, Sharqiy Osiyoning bir qator davlatlari va yaqin sharq mamlakatlarining hamda Hindiston Respublikasi, Kanada, Yangi Zelandiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari kabi 39 ta mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucherni yoxud O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etish hamda hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida vizani rasmiylashtirishga oid talab bekor qilinishini ko‘zda tutadigan turizm vizalarini rasmiylashtirishning osonlashtirilgan tartibi belgilanadi.

2018-yilning 1-iyulidan e’tiboran bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun elektron kirish vizalarini berish tizimi foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, turizm sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’yektlari respublika hududiga olib kirilayotgan turistik klassdagi transport vositalari, hamda kanat yo‘li, tog‘-chang‘i yukko‘targichlari, funikulyorlar va boshqa shunga o‘xshash ob’yekt va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun jihozlar, mexanizmlar va zahira qismlari, shuningdek havo sharlari, aerostatlar, kvadrotsikllar va motorli qayiqlar uchun 2022-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

2018-yil 1-fevraldan fuqarolariga sayyohlik vizalari rasmiylashtirishnig soddalashtirilgan tartibi amalga kiritiladigan davlatlar ro‘yxati:

1. Avstraliya
2. Albaniya
3. Andorra
4. Bolgariya
5. Bosniya va Gersegovina
6. Vatikan
7. Vengriya
8. Gretsiya
9. Daniya
10. Hindiston
11. Irlandiya
12. Islandiya
13. Kuvayt
14. Kanada
15. Xitoy Xalq Respublikasi, Gonkong bilan birga
16. Litva
17. Lixtenshteyn
18. Lyuksemburg
19. Makedoniya
20. Malta
21. Monako
22. Niderlandiya
23. Yangi Zelandiya
24. Norvegiya
25. BAA
26. Ummon
27. Portugaliya
28. Ruminiya
29. San-Marino
30. Saudiya Arabistoni
31. Serbiya
32. Slovakiya
33. Sloveniya
34. AQSh
35. Finlyandiya
36. Xorvatiya
37. Chernogoriya
38. Shvetsiya
39. Estoniya

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring