Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

81 yoshli faxriy o‘qituvchi yoshlarga darsni qanday o‘tish bo‘yicha «Mahorat darsi» o‘tmoqda

81 yoshli faxriy o‘qituvchi yoshlarga darsni qanday o‘tish bo‘yicha «Mahorat darsi»  o‘tmoqda

Foto:«Xalq ta’limi vazirligi»

Jarqo‘rg‘onlik 81 yoshli faxriy o‘qituvchi Xudoyberdi Mamadaliyev o‘qituvchilarga o‘z hayotiy tajribasi asosida kimyo fanidan dars va laboratoriya mashg‘ulotlarini qanday o‘tish kerakligi bo‘yicha «Mahorat dars» o‘tmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan joriy yildan boshlab har bir tuman va shaharda 4 ta yo‘nalishda — «Aniq fanlar», «Tabiiy fanlar», «Gumanitar fanlar» va «Filologiya fanlar» bo‘yicha tayanch maktablari belgilanib, ularda oliy ta’lim muassasalari hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari bilan hamkorlikda pedagoglar uchun uzluksiz metodik xizmat yo‘lga qo‘yilgan.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internati kimyo fanida tuman miqyosida tayanch maktabi sifatida belgilangan  bo‘lib, muassasada tumandagi kimyo fan o‘qituvchilari uchun uzluksiz metodik xizmat tashkil etilgan.

81 yoshli mehnat faxriysi Xudoyberdi bobo Mamadaliyev,  tumandagi 37-sonli maktabda uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan. Jamiyatdagi o‘zgarishlar, xususan ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmasdan, unda faol ishtirok etib kelmoqda.

Xudoyberdi bobo Mamadaliyev 12-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatida «Ustoz-shogird» an’analarini davom ettirgan holda, kimyo fani o‘qituvchilariga darsni qiziqarli o‘tish, amaliy mashg‘ulotlarni olib borish, o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha o‘zining ko‘p yillik tajribalari asosida «Mahorat dars»larini o‘tib kelmoqda.

Jarqarg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limi hozirda 80 yoshdan oshgan 5 nafar faol faxriy pedagoglar bilan «Ustoz-shogird» ana’nalarini davom ettirishda hamkorlik qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring