Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulaziz Komilov Pokiston TIV rahbari bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Pokiston TIV rahbari bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Kecha, 12-fevral kuni Islomobod shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Xavaja Muhammad Asif bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarining kun tartibi va BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda aloqalarni mustahkamlashga tomonlar tayyor ekanligi tasdiqlandi.

Qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘lga o‘tishi mintaqaviy hamkorlikni faolroq rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Shu nuqtai nazardan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ko‘rib chiqishga kiritilayotgan masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda vazirlar tomonidan 2018 yili bo‘lib o‘tadigan turli darajalardagi O‘zbekiston-Pokiston uchrashuvlari jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring