Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo axborot-kutubxonasi: kecha va bugun (foto)

Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo axborot-kutubxonasi: kecha va bugun (foto)

Kutubxonaning avvalgi holati va bugungi ko‘rinishi.

Foto: «Mitc.uz»

Shu yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Adib Sobir Termiziy nomidagi axborot-kutubxona binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Kutubxonaning kechagi kuni va buguni. Foto: «Mitc.uz»

Aytish o‘rinliki, kutubxonaning eski binosi 1936-yilda bunyod etilgan va kuniga bor-yo‘g‘i 32 kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lgan. Bu yerda 20 nafar kitobxon uchun joy ajratilgan hamda 10 dona kompyuter mavjud edi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi homiy tashkilotlar mablag‘lari hisobiga bunyod etilgan yangi bino esa har kuni 2000 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatish salohiyatiga ega bo‘lgan. Zamonaviy kompyuter va axborot-kutubxona texnologiyalari bilan jihozlangan markaz viloyatning ilmiy-ta’limiy rivoji, kadrlar tayyorlash salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Foto: «Mitc.uz»

Bir vaqtning o‘zida zamonaviy qulayliklarga ega kompyuter zalida 36 nafar, Wi-Fi hududida 90 nafar, umumiy o‘quv zalida 50 nafar, huquqiy axborot zalida 24 nafar foydalanuvchi uchun o‘rinlar ko‘zda tutilgan.

Foto: «Mitc.uz»

Shu bilan birga, yangi binoda 16 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv markazi ham mavjud. Bu yerda viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari malaka oshirishlari, viloyat aholisi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonliklarini oshirishlari mumkin.

Foto: «Mitc.uz»

Kutubxona hududida qahvaxona, kitob do‘koni faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Axborot-kutubxona markazi foydalanuvchilarning axborot olish madaniyati bo‘yicha bilimlarini oshirish va ilmiy-uslubiy va innovatsion usullarda xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha zarur infratuzilmaga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring