Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Adidas» konserni rahbari G‘arbni Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga chaqirdi

«Adidas» konserni rahbari G‘arbni Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga chaqirdi

Kasper Rorshted — «Adidas» konserni rahbari

Foto: «Rte.ie»

«Adidas» konserni rahbari Kasper Rorshted G‘arbni Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga chaqirdi. Bu haqda u «Frankfurter Allgemeine Zeitung»ga intervyu berdi, deya yozadi TASS.

«Sanksiyalar bilan faqatgina Rossiyani jazolaymiz, deb o‘ylaydiganlar xato qiladi. Bu G‘arbda ham ko‘plab ish o‘rinlarining qisqarishiga olib keladi», deya aytib o‘tdi kompaniya rahbari. Shuningdek, u «Siyosatchilar bu ta’sirlar haqida faqatgina sukut saqlamoqdalar», — deya qo‘shimcha qildi.

Ushbu sanksiyalarga qarshiligi haqidagi savolga javob berar ekan, shunday dedi: «Men bunday demadim. Men faqat Rossiya bilan munosabatlarga yechim topish kerakligiga chaqiraman». Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq vaqt mobaynida bunday «bir-biriga orqa o‘girib» yurib bo‘lmaydi.

«Adidas» rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Portugaliyadan Moskvagacha erkin bozor yaratish haqidagi chaqirig‘ini eslatib qo‘ydi. «Putinning qiladigan ishi hammaga yoqishi shart emas, ammo Yevropa manfaatlari uchun Rossiya bilan yaqinlashish lozim», deya hisoblaydi Rorshted.

«Rossiya meni ko‘p yilardan buyon o‘ziga jalb qilib keladi, men bu mamlakatni juda yaxshi bilaman, uning odamlari menga yoqadi, madaniyat jihatidan Rossiya ko‘proq Yevropaga yaqin turadi deb hisoblayman», — deb aytgan u.

Bundan tashqari, Rorshted Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining ajoyib tarzda tashkil etilishiga ishonadi. «2018-yilgi jahon chempionati muvaffaqiyatli tadbir bo‘ladi, biz juda yaxshi tashkil etilgan chempionatni ko‘ramiz», — dedi u. Konsern rahbari Konfederatsiyalar kubogi davomida ruslar o‘zlarining tashkiliy qobiliyatlarini isbotlaganini eslatdi.

«Ko‘plab muxlislar oldinda turgan ajoyib futbol shousidan bahramand bo‘lishadi va ularga siyosatning hech qanday ahamiyati yo‘q», — deydi Rorshted.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring