Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda avtobus halokatga uchrashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda avtobus halokatga uchrashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Afg‘onistonning Kandahor viloyatida bugun, 8 sentyabr erta tongda avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi yaralandi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Gubernatorning rasmiy vakili Aziz Ahmad Aziz bergan rasmiy bayonotda avariya Jari tumanida bugun mahalliy vaqt bilan soat 06:00 da sodir bo‘lgani qayd etilgan.

Uning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida ayollar va yosh bolalar ham bor. Yaralanganlardan bir necha nafarining ahvoli og‘ir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring