Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrinda hamon odamlar qurbon bo‘lmoqda

Afrinda hamon odamlar qurbon bo‘lmoqda

Foto: «Pravda-TV»

Kecha, 5-mart kuni Turkiya harbiylari Suriya shimolidagi Afrin shahri atrofini to‘pga tutgan. Bu haqda «Firat» agentligiga asoslanib TASS xabar bermoqda. Agentlikning yozishicha, hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 18 kishiga yetgan.

5-mart kuni Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ Afrinning 50 foiz hududi bugungi kunda turk harbiylari nazoratiga o‘tganini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra «Zaytun novdasi» operatsiyasi boshlanganidan buyon 2795 ta jangari yo‘q qilingan. Rasmiy Anqara ularni kurd jangarilari deb hisoblaydi. Turk qo‘shinlari «Suriya ozodlik armiyasi» tashkiloti bilan birga 112 qishloqni va 30 ta strategik tepalikni nazorat qilmoqda.

Kurdlarning «Xalq mudofaa kuchlari» tashkiloti Afrinda turk qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatishda davom etishini ma’lum qildi. Tashkilot rahbarining agentlikka ma’lum qilishicha, o‘tgan 24 soat davomida kurdlar turk harbiylari pozitsiyalariga qator zarbalar berishi natijasida 20 dan ziyod jangchi va bitta bronetransportyorni yo‘q qilishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring