Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Agrosanoat inspeksiyasi Bosh prokuraturadan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

Agrosanoat inspeksiyasi Bosh prokuraturadan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

Foto:«Uzreport News»

Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilingani xabar berilgan edi.

Unga ko‘ra Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etildi.

Prokuratura organlarining qisqartirilayotgan 1198 ta shtat birliklaridan 87 tasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga, 470 tasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bo‘linmalariga yo‘naltiriladi.

Ushbu farmon bilan prokuratura tizimidagi ayrim lavozim va boshqarmalar ham tugatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring