Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aleksandr Lukashenko tashrifini Mustaqillik maydonidan boshladi

Aleksandr Lukashenko tashrifini Mustaqillik maydonidan boshladi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 12-sentabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga yetib keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Aleksandr Lukashenkoni kutib oldi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Shuningdek, Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov ko‘p yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohiga ham bordi. Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring