Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amazon» ilk bor «Google»ni ortda qoldirdi

«Amazon» ilk bor «Google»ni ortda qoldirdi

Foto: «NV.ua»

Dunyodagi eng yirik internet-riteyler «Amazon» kompaniyasi kapitalizatsiyasi bo‘yicha o‘z raqibi «Google»ga egalik qiluvchi «Alphabet» kompaniyasidan o‘zib ketdi. Ayni vaqtda kompaniya 763,27 milliard dollarga baholangan, «Alphabet» esa 762,98 milliard dollarga narxlanmoqda, deb xabar berdi «NV.ua».

Yanvar oyidan buyon «Amazon» aksiyalari deyali 29 foziga o‘sdi. «Alphabet» aksiyalarining qiymati esa yil boshidan beri turlicha o‘zgardi.

2017 yil hisob-kitoblariga ko‘ra, «Amazon»ning sof foydasi 27,9 foizga o‘sib, 3,033 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, savdolardan keladigan daromad esa 30,8 foizga ortib, 177,866 milliard dollarga yetgan.

Hozirda «Amazon»dan ko‘ra qimmatroq turuvchi dunyodagi yagona kompaniya — bu — «Apple». Mazkur ikki kompaniya orasidagi tafovut ancha yirik, «Apple» kapitalizatsiyasi 892 milliard dollarga teng.

Qayd etilishicha, «Amazon»ning o‘z pozitsiyasini mustahkamlayotgani investorlarning kompaniyaga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liq.

Kompaniya xizmatlaridan har yili 196 million nafar mijoz foydalanadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring