Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon va Jizzaxda bir qator tuman IIB boshliqlari o‘zgardi

Andijon va Jizzaxda bir qator tuman IIB boshliqlari o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida, xususan, Andijon va Jizzax viloyatidagi tumanlarda rahbarlik tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, podpolkovnik Mahamadjon Nishanov Andijon viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Shuningdek, podpolkovnik Azizbek Turg‘unov Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va podpolkovnik Jamshidbek Qosimov Marhamat tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimlariga qo‘yildi.

Bundan tashqari, Jizzax shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Akmal Muratov, Baxmal tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib podpolkovnik Odiljon Ibragimov, G‘allaorol tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Bekzod Naimov, Paxtakor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Jo‘rabek Xojanov, Do‘stlik tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga mayor Isroiljon Nurmatov tasdiqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring