Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «Damas» va «Spark» to‘qnashib ketdi (video)

Andijonda «Damas» va «Spark» to‘qnashib ketdi (video)

Kadr: «YouTube»

Andijon shahrining Boburshoh va Eski Oltinko‘l ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda «O‘zbekiston24» telekanali xabar berdi.

Haydovchilarning shoshmashosharligi sababli «Damas» va «Spark» avtomobillari to‘qnashib ketgan. Oqibatda «Damas»ning old oynasi butkul singan, eshiklari texnik shikastlangan, ikkinchi avtomobil esa beton to‘siq ustiga chiqib ketgan.

Hozir ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring