Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Anji» o‘zbekistonlik Vadim Afonin bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi

«Anji» o‘zbekistonlik Vadim Afonin bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi

Vadim Afonin

Foto: «Anji» rasmiy sayti

Maxachqal’aning «Anji» klubi ikki futbolchi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilganini e’lon qildi.

E’tiborlisi, ularning biri — o‘zbekistonlik Vadim Afonin. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod ushbu futbolchi bilan shartnoma aynan nima uchun bekor qilingani haqida ma’lumot yo‘q.

Shartnomasi bekor bo‘lgan yana bir futbolchi — hujumchi Konstantin Bazelyuk.

Aytish kerakki, 31 yoshli Vadim Afonin «Anji» safiga o‘tgan yili kelib qo‘shilgan edi. U bunga qadar Rossiyaning boshqa bir jamoasi — «Orenburg»da to‘p surgan. 

Ma’lumot uchun, 2017/18-yilgi mavsumning  birinchi yarmida Afonin jamoasiga 14 o‘yinda yordam bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring