Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Antarktidani qoplagan muz maydoni rekord darajada qisqarib ketdi

Antarktidani qoplagan muz maydoni rekord darajada qisqarib ketdi

Bu yil  Antarktidani qoplagan muz maydoni 2 million kilometr kvadratdan pasayib ketdi. Bu yarim asrlik kuzatuvlar davomidagi eng past ko‘rsatkichdir.

«Nature»ning yozishicha, joriy yilda muzliklarning erishi miqdori 2017-yil o‘rnatilgan salbiy rekorddan ham 190 ming kvadrat kilometrga kamayib ketgan va ayni damda 1,92 million kilometr kvadratni tashkil qilmoqda. 2017-yil Antarktika dengiz muzlari maydoni 2,11 million kilometr kvadratni tashkil qilgan edi.

Afinadagi Ogayo universiteti iqlimshunosi Rayan Vogtning aytishicha, Antarktikadagi umumiy dengiz muzining rekord darajada kamligi shamollar tufayli aysberglarning ajralib, issiq hududlarga suzib ketishi bilan bog‘liq. «Muzliklar hududining bu yanglig‘ kamayishi dunyoni katta xavfga qo‘yadi», – deydi u.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur mintaqada global isish natijasida okean sathining 60 metrga ko‘tarilishiga sabab bo‘ladigan muzliklar bor.

Shu tariqa Antarktikaning erib borishi insoniyat kelajagiga ulkan xavf tug‘diradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring