Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» Xitoyda «iPhone» ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi

«Apple» Xitoyda «iPhone» ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi

Foto: «Extremetech.com»

«Apple» korporatsiyasi o‘zining mashhur «iPhone» smartfonlarini Xitoydagi korxonalardan birida ishlab chiqarishni to‘xtatdi, deb xabar berdi «MobInfo.uz».

Xitoyda ishlab chiqariladigan «iPhone 8 Plus» smartfonlarining 20 foizi to‘g‘ri keladigan «Wistron» kompaniyasi qurilmalarni yig‘ishda «Apple» sertifikatidan o‘tmamagan suv o‘tkazmaydigan ehtiyot qismlardan foydalangan.

«Wistron» bu kabi smartfonlardan qancha ishlab chiqargani va ulardan nechtasi xaridorlarga yetib borgani noma’lum. Biroq ushbu hodisa kompaniya imijiga ta’sir ko‘rsatdi — uning aksiyalari besh foizga tushib ketgan.

Zavodda qurilmalarni yig‘ish ikki haftaga to‘xtatilgan. Shunday bo‘lsa-da, xitoyliklar «olma»siz qolmaydi: smartfonlarning aksariyati «Foxconn» kompaniyasining korxonalarida ishlab chiqariladi. Uning hisobiga Xitoyda ishlab chiqariladigan «Apple» qurilmalarining 80 foizi to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Tayvanning «Foxconn» kompaniyasi MDH va boshqa mamlakatlarga «iPhone» smartfonlarini yetkazib beradi. Zavod Gonkong yaqinidagi Shenchjen shahrida joylashgan. «Foxconn» kompaniyasining zavodlari nafaqat Xitoyda, balki Chexiya, Vengriya, Hindistonda ham mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring