Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik mutaxassislar Xitoyning «aql markazlari» o‘quv kurslariga taklif etildi

O‘zbekistonlik mutaxassislar Xitoyning «aql markazlari» o‘quv kurslariga taklif etildi

Фото: «Xabar.uz»

Shu kunlarda «Huawei» kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari bo‘yicha ofisi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati hokimiyati hamda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi vakillarining XXRga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.

Tashrifning birinchi kunida «Taraqqiyot strategiyasi»  markazi ijrochi direktori Akmal Burxanov Shanxay do‘stlik assotsiatsiyasi direktori Xue Bin hamda Shanxay shahri Tashqi ishlar bo‘limi vakillari bilan uchrashdi. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, tomonlar o‘z faoliyatlaridan kelib chiqib, qator qo‘shma loyihalar ustida ishlashga tayyorliklarini va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga kelishib oldilar.

Shu kunning o‘zida, markaz vakillari Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi ijrochi direktori janob Li Ixay bilan uchrashdilar. Mezbonlar oliy darajada yo‘lga qo‘yilgan do‘stlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi vakillarini «aql markazlari» mutaxassislari uchun o‘tkaziladigan o‘quv kurslarida ishtirok etish uchun taklif etdilar. Shuningdek, tomonlar hamkorlikning kelgusi bosqichlarini muhokama qilish uchun shu yilning may oyida Toshkent shahrida uchrashishga va o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring