Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh korporatsiyasi O‘zbekistonning neft va gaz bozoriga kirmoqchi

AQSh korporatsiyasi O‘zbekistonning neft va gaz bozoriga kirmoqchi

Foto: «ung.uz»

Kecha, 6-avgust kuni O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari — «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi A. Sultonov dunyoga mashhur «Halliburton» kompaniyasining sharqiy yarimshar bo‘yicha prezidenti Jo Reyni bilan uchrashdi.

«Halliburton» — AQSh transmilliy korporatsiyasi bo‘lib, dunyoning neft va gaz qazib olish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi yirik kompaniyalardan biridir.

«Halliburton» kompaniyasi prezidentining ta’kidlashicha, kompaniya yillar davomida mamlakatimiz bozoriga kirishga harakat qilgan, biroq doim biror sabab bo‘lib rejalar amalga oshmagan, lekin hozirgi kunda kompaniya O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlaring bir bo‘lagiga aylanishidan umidvor.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etdilar va unga ko‘ra quyidagi kelishuvlarga erishdilar:

  • Halliburton kompaniyasi O‘zbekistonda doimiy ofisini ochadi;
  • Past rentabelli quduqlardan suyuq uglevodorodlarni qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha hamkorlik rejasini ishlab chiqish davom ettiriladi;
  • Qo‘shma ishchi guruh tashqi bozorlardagi loyihalarda qo‘shma ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.

Uchrashuv yakunida Reyni «Halliburton» kompaniyasi mamlakatimiz bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini va shu maqsadda, kompaniyasining ilg‘or mutaxassislarini «O‘zbekneftgaz» AJ bilan yaqin hamkorlikka jalb qilish rejasida ekanligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring