Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armanistonda portlash sodir bo‘ldi

Armanistonda portlash sodir bo‘ldi

Foto: «1in.am Russian»

«2-aprel kuni kechqurun Armaniston poytaxti Yerevan shahri markazidagi Shimoliy prospektda portlash sodir bo‘ldi», — deya xabar bermoqda «RIA Novosti» Armaniston FVV matbuot xizmati tarqatgan xabarga asoslanib.

Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan 20:44 larda yuz bergan. Voqea joyiga qutqaruv bo‘linmalari yetib borgan.

Mahalliy OAVlar bergan xabarga ko‘ra, portlash Yerevandagi kafelardan birida gaz ballonining portlashi natijasida yuz bergan. Ammo bu xabar hali rasman tasdiqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring