Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arxeologlar qadimgi yahudiy ibodatxonasida marixuana qoldig‘i topishdi

Arxeologlar qadimgi yahudiy ibodatxonasida marixuana qoldig‘i topishdi

Foto: Reuters

Arxeologlar tomonidan aniqlanishicha, qadimgi yahudiylar ibodatxonasida marixuanadan foydalanilgan.

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, giyohvand modda ibodat vaqtida tutatib qo‘yilgan. Isroil OAVsi ushbu holat yahudiylikning dastlabki bosqichida narkotik moddalardan foydalanilgani haqidagi ilk dalil ekanini xabar qildi.

Olimlar Negev cho‘lidagi qadimgi ibodatxona mehrobidan marixuananing yaxshi saqlangan qoldig‘ini topishgan. Ularning ta’kidlashicha, topilmaga 2700 yil bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring