Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asalarilar asalga qarshi. «Facebook» va «Google»ning sobiq xodimlari ijtimoiy tarmoqlarga qarshi kurashishmoqda

Asalarilar asalga qarshi. «Facebook» va «Google»ning sobiq xodimlari ijtimoiy tarmoqlarga qarshi kurashishmoqda

Foto: «NV.ua»

«Google» va «Facebook»ning sobiq xodimlari ijtimoiy tarmoqlarning dunyoga ta’sirini o‘rganishga ixtisoslashgan «Gumanitar texnologiyalar markazi»ga asos soldi. Mazkur guruhga «Google»ning etika bo‘yicha sobiq ichki mutaxassisi Tristan Xarris boshchilik qiladi, deb xabar berdi «NV.ua».

Yangi koalitsiya texnologiyalarning ta’sirini o‘rganishga asoslangan. «Gumanitar texnologiyalar markazi» o‘z oldiga insonlar sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan texnogoliyalardan ogohlantirishni maqsad qilib qo‘ygan. Xususan, guruh texnika «narkomanligi» haqida so‘zlovchi reklama kampaniyasini boshlash niyatida.

«Facebook» fitna nazariyalariga ishonuvchan odamlar fikrini inobatga oluvchi biznes-modelni yaratdi. Bu «Facebook»ning manfaatlari uchun xizmat qiladi», — deydi ijtimoiy tarmoqning rivojlanish bosqichida sarmoya kiritgan biznesmen Rojer Makneym. Makneymning tan olishicha, u Sukerberg bilan bo‘lib o‘tgan suhbatidan hayratga tushgan, ammo manipulyasiya investorning fikrini o‘zgartirgan.

Koalitsiya tarkibiga kirgan odamlar orasida «Facebook»ning ishlab chiqarish direktori Sendi Parakilas, «Apple» va «Google»ning kommunikatsiya bo‘yicha sobiq direktori Linn Foks, «Facebook» sobiq top-menejeri Deyv Morin, «layk» tugmasini yaratgan Jastin Rozenshteyn va Kremniy vodiysining boshqa nufuzli shaxslari o‘rin olgan. 

«Biz tizim ichida bo‘lganmiz. Shunday ekan kompaniyalar odamlar haqida qanday ma’lumotlarga ega ekanligini bilamiz», — deydi koalitsiya rahbari Tristan Xarris.

Koalitsiya texnologik kompaniyalarning o‘z mahsulotlarini o‘zgartirishga majbur qiluvchi qonun loyihasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Xususan, senator Ed Markning qonun loyihasi davlat institutlari elektron OAVlarning bolalar rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring