Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Asus» aralash reallik qurilmasini sotuvga chiqardi

«Asus» aralash reallik qurilmasini sotuvga chiqardi

«Asus HC 102» aralash reallik garniturasi.

Foto: «Hi-News»

«Asus» kompaniyasi tomonidan IFA 2017 ko‘rgazmasida taqdim etilgan aralash reallik garniturasi nihoyat savdoga chiqdi. «Asus HC 102» komplekti ikkita harakat kontrolleri bilan 429 dollardan sotilmoqda, deb xabar berdi «Hi-News».

Qurilma 2,89 dyuymli displey bilan jihozlangan bo‘lib, piksellari soni 2880 x 1440 nuqtani tashkil etadi. Namoyish etish burchagi 95 darajaga, chastotasi esa 90 gersga teng. Bu esa virtual yoki qo‘shimcha reallik orqali yaratilgan dasturlar bilan bemalol ishlash, shuningdek, videoo‘yinlar o‘ynash imkonini beradi. Eslatib o‘tamiz, mazkur garnitura «Windows Mixed Reality» platformasi asosida yaratilgan va «Windows 10» operatsion tizimida ishlaydi.

MR-garniturasiga HDMI 2.0, USB 3.0, Bluetooth va naushniklar uchun 3,5 millimetrli port o‘rnatilgan. Qurilmaning makondagi holati uning ichiga o‘rnatilgan datchiklar va kameralar yordamida amalga oshiriladi, shunday ekan unga tashqi sensor va kameralar shart emas. Garnituraning og‘irligi 400 grammni tashkil etadi, uni sozlash esa 10 daqiqadan ko‘proq vaqtni talab qilmaydi. Shundan so‘ng qurilma egalarida 20 mingdan ortiq dasturlardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring