Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

71 yoshli chiqindi yig‘uvchi kutilmaganda boy insonga aylandi

71 yoshli chiqindi yig‘uvchi kutilmaganda boy insonga aylandi

Foto: Informburo.kz

Xitoyda 71 yoshli chiqindi yig‘uvchi kishi kutilmaganda pensiya hisobida 424 000 yuan — taxminan 745  million so‘m yig‘ilganini aniqladi.

Erkak yillar davomida axlat yig‘ib yurgan va pensiya to‘lovlarini olish huquqiga ega ekanligini bilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, u ilgari davlat do‘konida qariyb 30 yil ishlagan. Bu vaqt ichida uning maoshidan pensiya badallari ushlab qolingan.

U 2015-yildan beri pensiya olish huquqiga ega edi, ammo uzoq vaqt davomida bundan bexabar bo‘lgan.

Hozirda u oyiga taxminan 3700 yuan — taxminan 6,5 mln so‘m miqdorida to‘lov oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring