Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayol xodimlarning ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi

Ayol xodimlarning ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov, bir muddat oldin e’lon qilingan davlat bog‘chalarida ta’til muddati uzaytirilgani va shu munosabat bilan bog‘chadan farzandini vaqtida olishiga vazifasi xalaqit berayotgan ayollarga ish vaqti qisqartirilishi haqidagi xabarga munosabat bildirib, imtiyozni qo‘llab-quvvatlashi biroq «bu masalaning yarmi» ekanini ta’kidlamoqda.

Deputat davlat va nodavlat sektorda ishlaydigan ayollarning ish vaqtini qisqartirish zarurati haqida to‘xtalgan.

«Ishlaydigan, oilali ayollar uchun ertalab ishga bir soat kechroq kelish va ish vaqtidan bir soat vaqtliroq ketishni rasmiylashtirish kerak.

Ayol xodimning ish samaradorligi sezilarli oshadi, oilada muhit o‘zgaradi.

Qolaversa, natija ko‘p ishlash emas, samarali ishlashning hosili ekanini hamma tan olmasa ham, juda yaxshi biladi», – deydi Alisher Qodirov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring