Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bangladesh 100 000 nafar Rohingya musulmonlarini vataniga qaytarishga tayyorgarlik ko‘ryapti

Bangladesh 100 000 nafar Rohingya musulmonlarini vataniga qaytarishga tayyorgarlik ko‘ryapti

Foto: «Reuters»

Bangladesh hukumati shu yili Birmadagi etnik tozalashdan qochib o‘tgan qochoqlarning 100 000 nafarini o‘z vatanlariga qaytarib yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi «Yevronyus». Bu repatriatsiyaning ilk bosqichida amalga oshiriladi.

Bangladesh transport vaziri Ubaydul Qodirning aytishicha, 100 000 kishining ismi yozilgan ro‘yxat bugun Myanma hukumatiga yuborilishi kerak. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu amaliyot yanvar oyining oxirida start oladi.

«Guruhimizning keyingi yig‘ilishi Birmada bo‘lib o‘tadi hamda biz repatriatsiya shartlarini kelishib olamiz», dedi vazir.

Avgust oyidan buyon 665 000 Rohingya musulmonlari Birmadagi etnik tozalashdan qochib, Bangladesh hududidan boshpana topgan edi. Myanma hukumatining ushbu harakatlarini BMT va AQSh etnik tozalash deya baholagan.

Bundan oldinroq 300 000 rohingyalik allaqachon Bangladeshdagi qochoqlar lagerlariga qochib kelishgan edi.

Ikkala hukumat vakillari noyabr oyida repatriatsiya masalasida kelishuvga erishgan edilar. Hujjatga muvofiq, u 23-yanvardan boshlanishi kerak.

Qochoqlar masalasi bo‘yicha hukumat missiyasiga boshchilik qiluvchi Kamol Ozodning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Bangladesh hududida 1 millionga yaqin rohingyalik musulmonlar istiqomat qilishmoqda, ba’zilari bir necha o‘n yillardan buyon Bangladeshda yashab kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring