Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodda soxta prokuror qo‘lga olindi

Bekobodda soxta prokuror qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent viloyat Bekobod tuman IIB YXXB xodimi S.I. viloyat prokurorining nomiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

U o‘z murojaatida prokuratura xizmat kiyimida o‘zini viloyat prokuraturasi 18-bo‘limining «Abduvohid» ismli tergovchisi deb tanishtirgan shaxs unga nisbatan viloyat prokuraturasining 8-bo‘limi tomonidan ariza yuzasidan tadbir tashkillashtirilayotganligini bildirib, unga yordam ko‘rsatishi mumkinligini aytib, 500 AQSh dollari talab qilayotganligini bildirgan.

Mazkur ariza yuzasidan 2018-yil 28-noyabr kuni Toshkent viloyat prokuraturasi 8-bo‘limi va Bekobod shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyat MIBning sobiq davlat ijrochisi A.S. prokuratura organlari dala xizmat kiyimida S.I.dan firibgarlik yo‘li bilan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring