Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bepul, elektron va endi Wi-Fi bor kutubxona ishga tushdi

Bepul, elektron va endi Wi-Fi bor kutubxona ishga tushdi

Foto: «Andijonnoma»

Andijon shahridagi «Bobur» nomli viloyat drama teatri oldida joylashgan favvora yonida viloyat hokimining tashabbusi bilan birinchi bepul kutubxona paydo bo‘lgan edi. Endi esa xuddi shu manzilda barcha qulayliklarga ega, zamon talablariga mos yangi ko‘rinishdagi bepul Wi-Fi zonali elektron kutubxona tashkil etildi.

«Andijonnoma» nashrining xabariga ko‘ra, ushbu kutubxonaning oddiy kutubxonalardan farqi shundaki, unda siz o‘qimoqchi bo‘lgan har qanday kitobingizni bepul Wi-Fi orqali tarmoqqa ulanib, bemalol topishingiz mumkin.

Maqsad — aholini kitob o‘qishga qiziqtirish, qolaversa, o‘z o‘quvchisini kutib yotgan asarlardan boshqalarni ham bahramand qilish, ziyo ulashishdir.

Hozir Andijon shahrining belgilangan manzillariga bu kabi bepul Wi-Fi zonali elektron kutubxonalarning 12 tasi o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring