Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bilasizmi? Davlat budjeti xarajatlarining uchdan bir qismi pensiya va nafaqaga sarflanadi

Bilasizmi? Davlat budjeti xarajatlarining uchdan bir qismi pensiya va nafaqaga sarflanadi

Foto: «Xabar.uz»

Bugungi kunda mamlakatimizda Pensiya jamg‘armasi tizimida 3,3 mln. nafardan ko‘proq pensioner va nafaqa oluvchi mavjud bo‘lib, mamlakatimiz aholisining o‘rtacha 10 foizini tashkil etadi, deb xabar berdi «O‘zA».

2017-yil davomida Pensiya jamg‘armasi tarkibiy tuzilmalarida 298 ming nafar fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlandi. Bu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan 40 ming nafarga ko‘proqdir. Natijada, 2017-yil 1-yanvar holatiga nisbatan pensiya va nafaqa oluvchilar soni 156 ming nafarga oshgan.

O‘tgan 2017-yil davomida pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun jami 16,6 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ moliyalashtirilgan bo‘lib, Davlat budjetining jami xarajatlarining o‘rtacha uchdan bir qismini tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring