Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bir fermerga bitta yosh» loyihasi asosida 10 mingdan ziyod yoshlarga daromad olish imkoni berildi

«Bir fermerga bitta yosh» loyihasi asosida 10 mingdan ziyod yoshlarga daromad olish imkoni berildi

Foto: «gazetaekonomia.com»

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining «Facebook»dagi sahifasida qayd etilishicha, «Bir fermerga bitta yosh» loyihasi asosida 10 600dan ortiq yoshlarning bandligi ta’minlandi.

Tashkilot tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yerdan samarali foydalanib, daromad topish istagini bildirgan, 18 yoshga to‘lgan 30 yoshdan oshmagan yoshlarning har biriga bir gektardan g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlar hisobidan takroriy ekin ekish uchun jami 11 ming gektar yer maydoni ajratilgan. Fermerlar bilan ishlash bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi Bahriddin Ahatqulovning aytishicha, Yoshlar ittifoqi jamg‘armalari hisobidan ekin uchun urug‘lik, kultivatsiya va boshqa texnika harajatlarida ham yoshlarga yordam berilmoqda. Bu hududda takroriy ekin sifatida sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. «Harajatlar chiqarib yuborilganda har bir yoshda «Bir fermerga bitta yosh» loyihasi orqali 20 mln. so‘mdan ortiq daromad ko‘rish imkoniyati mavjud», - deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring