Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir kunda ikki mudhish YTH: Buxoro va Qoraqalpog‘istonda 9 kishi vafot etdi

Bir kunda ikki mudhish YTH: Buxoro va Qoraqalpog‘istonda 9 kishi vafot etdi

Foto: «UzNews.uz»

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir kunda sodir bo‘lgan ikki mudhish yo‘l transport hodisasi haqida xabarlar tarqatdi.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 22-oktyabr kuni soat 12:00larda Jondor tumani Gazli hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 333 km.da harakatlanib ketayotgan «Lasetti» rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «Isuzi» rusumli yuk mashinasining orqa tomoniga kelib urilgan. To‘qnashuv natijasida «Lasetti» avtomobilida yong‘in chiqib, mashina ichidagi 4 nafar fuqaro vafot etgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 22-oktyabr kuni soat 08:05larda Beruniy tumani hududidan o‘tuvchi A-380 «Buxoro-Nukus-Beruniy» avtomobil yo‘lining 680 km.da harakatlanib ketayotgan «Neksiya» rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Kobalt» rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Jarohatlangan fuqarolar Beruniy tumani kasalxonasiga yotqizilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring