Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bojxona instituti qayta tashkil etildi

Bojxona instituti qayta tashkil etildi

Foto: «Huquqiy axborot» kanali

O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan Oliy harbiy bojxona instituti Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti etib qayta tashkil etildi.

Institut bojxona organlari uchun  ta’lim muddati to‘rt yil bo‘lgan bakalavrlarni va ta’lim muddati bir yil bo‘lgan magistrlarni tayyorlaydi.

Institutda bojxona ishi va yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar o‘qitilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring