Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura 343 nafar mansabdorni javobgarlikka tortdi

Bosh prokuratura 343 nafar mansabdorni javobgarlikka tortdi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilmoqda. O‘tgan yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi hududlarga chiqqan holda o‘rganilib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan 216 ta qaror va topshiriqlar ijrosi bajarilishi ta’minlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 343 nafar mansabdor shaxslar intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi hamda qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 8 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Shu bilan birga, 144 ta tadbirkorlik sub’yektlariga 114,5 mlrd. so‘m va 281,3 mln. AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 1121 gektar yer maydoni ajratilishi hamda 126 ta qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari yetkazib berilishi, 26 mlrd. so‘m, 1,9 mln. AQSh dollari va 2,5 mln. yevro miqdordagi kredit mablag‘larining qaytarish muddatini uzaytirishga amaliy yordam ko‘rsatildi, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun 89 mlrd. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari ajratilishi ta’minlandi.

Prezident qarorlarini so‘zsiz ijrosini ta’minlash borasidagi nazorat faoliyati davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring