Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura tomonidan jinoyatchilarning yagona hisobi yuritiladi

Bosh prokuratura tomonidan jinoyatchilarning yagona hisobi yuritiladi

«Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, 2018-yil 1-dekabrdan jinoyatlar, ularni sodir etgan shaxslar va jinoyat ishlarining yagona hisobi Bosh prokuratura tomonidan yuritiladi.

«Elektron jinoiy-huquqiy statistika» yagona axborot tizimi joriy etiladi. Mazkur tizimda elektron statistik kartochkalar orqali jinoyat ishlari, tergovga qadar tekshiruv materiallari, sud muhokamalari, sud qarorlari ijrosi natijalari, ayblanuvchi va jabrlanuvchilar bo‘yicha ma’lumotlar kiritib boriladi.

Shuningdek endilikda jinoyat ishlari hamda tergovga qadar tekshiruv materiallariga tartib raqami Yagona axborot tizimiga tegishli statistik ma’lumotlar kiritilgandagina beriladi.

Farmon bilan Bosh prokuratura tuzilmasida Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasi va Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi tashkil etildi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida, 2019-yil 1-fevraldan Toshkent shahrining boshqa tumanlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan, jinoyat sodir etilishining sabablarini tizimli tahlil qiladigan ekspert-tahlil guruhlari tajriba sifatida joriy etiladi.

Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida esa 2018-yil 1-dekabrdan Axborot markazi va uning hududiy bo‘linmalari tugatildi. Uning o‘rnida Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi tashkil etildi. Ushbu boshqarmaning xodimlariga lavozim maoshining 30 foizi miqdorida oylik ustama to‘lanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring