Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir o‘rinbosari «Facebook»da o‘z sahifasini ochdi

Bosh vazir o‘rinbosari «Facebook»da o‘z sahifasini ochdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi.

Endi mazkur tarmoq orqali foydalanuvchilar bu sohaga oid eng muhim yangiliklar bilan tanishishlari, muammolarni hal etishlari mumkin bo‘ladi.

«Sizlar bilan yanada yaqinlashish maqsadida o‘z shaxsiy sahifamni ochdim. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan g‘oya asosida birgalikda muloqotga kirishamiz», — deya izoh qoldirgan Bosh vazir o‘rinbosari o‘z sahifasida.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring