Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniyani tark etishi lozim bo‘lgan rossiyalik diplomatlar ro‘yxati taqdim etildi

Britaniyani tark etishi lozim bo‘lgan rossiyalik diplomatlar ro‘yxati taqdim etildi

Foto: REUTERS / Parliament TV

Rasmiy London Moskvaga mamlakatni tark etishi kerak bo‘lgan diplomatlar ro‘yxatini taqdim etdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda. O‘z navbatida, Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya tomonidan ham javob choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.

«Ushbu diplomatlar orasida harbiy attashening vakillari ham bor. Ushbu ro‘yxat diplomatik kanal orqali bizga jo‘natilgan. Ro‘yxatdagilar Buyuk Britaniya hududini bir hafta ichida tark etishlari lozim. Biz ham javob choralari tayyorlayapmiz va ular Britaniya tomoniga yetkaziladi», — dedi Zaxarova «Rossiya-1» telekanalining «60 daqiqa» dasturi efirida.

14 mart kuni Britaniya parlamentida chiqish qilgan bosh vazir Tereza Mey Rossiya hukumatini GRUning sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishiga aloqadorlikda ayblagan. Rossiya tashqi ishlar vazirligi ushbu ayblovni rad etdi hamda Rossiyaning Londondagi elchixonasi holat yuzasidan hamkorlikda tekshiruv olib borish zarurligi to‘g‘risida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yubordi.

Mey esa ushbu bayonotlarni e’tiborsiz qoldirib, Rossiyaga qarshi chora-tadbirlar ro‘yxatini e’lon qildi. Rasmiy London rossiyalik 23 diplomatning mamlakatni tark etishini talab qilmoqda, Rossiya bilan o‘rnatilgan barcha ikkitomonlama aloqalarni to‘xtatmoqchi, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Londonga kutilayotgan tashrifini bekor qildi. Vazir Buyuk Britaniyaga Londonning taklifiga binoan bormoqchi edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring