Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekiston va Tojikiston chegarasidagi «Jartepa» avtomobil o‘tkazish punkti ochiladi

Bugun O‘zbekiston va Tojikiston chegarasidagi «Jartepa» avtomobil o‘tkazish punkti ochiladi

Maskanning ochilish marosimiga tayyorgarlik.

Foto: «O‘zA»

Bugun Samarqand viloyati va Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyati o‘rtasidagi «Jartepa» avtomobil o‘tkazish punkti ochiladi.

«O‘zA» xabariga ko‘ra, ayni paytda mazkur maskanning ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Unda ikki viloyatning jamoatchilik vakillari, faollar va chegara hududidagi mahallalarda yashovchi aholi, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari ishtirok etadi.

Maskanning ochilish marosimi haqida batafsil axborot berib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring