Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Senat majlisi ochiladi. Unda to‘y-hashamlarni tartibga solish masalasi ham ko‘riladi

Bugun Senat majlisi ochiladi. Unda to‘y-hashamlarni tartibga solish masalasi ham ko‘riladi

Foto: «Trest12.uz»

2018-yil 29-martda, soat 10.00 da Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi ochiladi. Ushbu majlisda quyidagi qonunlar kun tartibiga qo‘yilgan:

  • «Davlat mukofotlari to‘g‘risida» (yangi tahriri);
  • «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»;
  • «Davlat xaridlari to‘g‘risida»;
  • «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»;
  • «O‘rmon to‘g‘risida» (yangi tahriri);
  • «O‘zbekiston Respublikasi uy-joy-kommunal xizmati sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»;
  • «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»;
  • «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida».

«Norma.uz»ning xabar berishicha, bundan tashqari, senatorlar xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi bir qator qonunlarni ko‘rib chiqadilar, Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (Ombudsman) 2017 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, adliya vazirining 2017-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axborotini eshitadilar hamda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring