Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i: «Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik salmog‘i kamaydi»

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i: «Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik salmog‘i kamaydi»

Foto: Xabar.uz

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i tomonidan 2022-yil 12 oyi mobaynida viloyatda ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikning oldini olish va bu borada amalga oshirilgan ishlar tahlili yuzasidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik salmog‘i kamayganini bildirdi, deya ma’lum qilmoqda «Xabar.uz» muxbiri.

Bundan to‘rt yilcha ilgari, 2019-yilning iyul oyida Buxoro yoshlar markazida viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Aliyev bilan «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tganda, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oshgani,  haydovchilik sohasida o‘qiyotgan yoshlarning darslarga qatnovi nazoratdan o‘tkazilganda, ularning darslarga qatnashmayotgani, internet bilan bog‘liq juda ko‘p noxush holatlar yuzaga kelayotgani aytib o‘tilgandi. 

«Har qanday holatdayam sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishimiz, mavjud muammoni gapirmasdan, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoni bartaraf etish haqida o‘ylashimiz kerak. Hech bir bola biz uchun begona emas. Har biri o‘zimizning farzandimiz. Ularning tarbiyasiga esa hammamiz bir xilda mas’ulmiz. Birlashib, birgalashib, harakat qilsak, Buxoro yoshlari Respublikada birorta ham jinoyat huquqbuzarlik sodir etmaydi, deb ishonaman», — degan edi.

Xo‘sh, oradan yillar o‘tib, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlar salmog‘i qanchaga oshdi yoki kamaydi? Matbuot anjumanida shular ta’lil qilindi.

«Viloyatda 2022-yil davomida sodir etilgan 5 175 ta jinoyatlarning 296 tasi  giyohvandlik, 45 tasi noqonuniy qurol saqlash, 131 tasi poraxo‘rlik, 39 tasi  qalbaki pul yoki qimmatli qog‘oz valyuta, 43 tasi  qo‘shmachilik, 20 tasi  ma’muriy nazorat qoidasini buzish va hokazolar bilan bog‘liq. Sodir etilgan jinoyatlar shaxslar bo‘yicha olinadigan bo‘lsa, ular ko‘proq shartli hukm qilinganlar, muayyan huquqdan mahrum qilinganlar, ozodlikni cheklash jazosini olgan va  muddatidan ilgari shartli ozod qilinganlar, shuningdek,  nazoratdagi ayollar tomonidan yuzaga kelgan. Yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va huqubuzarliklar soni esa keskin kamaydi. Buni, albatta, yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarning mas’uliyat bilan olib borilayotganida ko‘rish mumkin. Viloyatda mavjud jami 544 ta mahallada yoshlar yetakchilarining faollik bilan harakat qilayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘plab yoshlar jinoyati sodir bo‘lishidan avval oldi olingan»,— dedi Shuhrat Aliyev.

Ta’kidlanishicha, qotillik, talonchilik, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari, o‘rtacha va yengil shikast yetkazish jinoyatlari kamaygan.

«Lekin og‘ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, tovlamachilik, bosqinchilik, bezorilik, transportni olib qochish ko‘payishiga yo‘l qo‘yildi. Buxoro shahri, Kogon shahri, Buxoro tumani, G‘ijduvon hamda Peshko‘ tumanlarida jinoyatlar salmog‘i oshgan. Raqamlar misolida keltiradigan bo‘lsak, yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar Buxoro shahrida 42 taga, Qorovulbozorda 10 taga va G‘ijduvonda 6 taga oshgan», — dedi boshqarma boshlig‘i.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring