Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda mashina balloni portladi, ikki kishi o‘ta og‘ir ahvolda

Buxoroda mashina balloni portladi, ikki kishi o‘ta og‘ir ahvolda

28-aprel kuni Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqaro A.M. tomonidan telefon orqali murojaat qilgan.

Unda Buxoro shahar, «G‘. G‘ulom» MFY Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan «Sharof gaz servis» MChJga qarashli avtomobillarga gaz ballonlarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida hajmi 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz balloni yorilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushadi.

Holat yuzasidan voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipajlari jalb qilindi.

Ushbu hodisa natijasida fuqarolar 1985 y.t. S.Sh va 1986 y.t. K.Sh tanasining 90-95 foiz kuyish tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali kuyish bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda ularning axvoli og‘ir. Voqea sababi o‘rganilganda, xizmat ko‘rsatish ustaxonasida hajmi 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz ballonini ta’mirlash jarayonida gaz balloni yorilib, ustaxonaning eshik va derazalarining sinib, shikastlanishiga olib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring