Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya ittifoqchilarini Rossiyada o‘tadigan «JCh-2018»ni boykot qilishga undayapti

Buyuk Britaniya ittifoqchilarini Rossiyada o‘tadigan «JCh-2018»ni boykot qilishga undayapti

Foto: «Kp.ru»

Buyuk Britaniya hukumati AQSh va Yevropadagi ittifoqchilari bilan Rossiyada 2018-yili o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatini boykot qilish imkoniyatini muhokama qildi.

Masala Londonda Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanishi tufayli kun tartibiga chiqqan, deya «Times» maxsus xizmatdagi manbalariga asoslanib xabar tarqatdi.

Ta’kidlanishicha, bu yerda gap fojiada Rossiyaning qo‘li borligi aniqlangan taqdirda ko‘riladigan diplomatik, iqtisodiy va harbiy xususiyatga ega muvofiqlashtirilgan javob choralari haqida ketmoqda. Xususan, Buyuk Britaniyadan tashqari Polsha, Avstraliya va Yaponiya ham turnirda qatnashishdan bosh tortishi mumkin.

«Times»ning ma’lum qilishicha, rasmiy London shuningdek «Rossiya agressiyasini tiyib qo‘yish» choralarini kuchaytirish maqsadida NATOning iyul oyidagi sammiti kun tartibini qayta ko‘rib chiqishni so‘rashi mumkin.

Bungacha London Skripalning zaharlanishi tufayli jahon chempionatidagi diplomatik va siyosiy vakilligini qayta ko‘rib chiqishi haqida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonot bergandi.

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, boykotning e’lon qilinishi o‘z-o‘zidan inglizlarning FIFA reglamentini buzishiga olib kelishi mumkin, ya’ni terma jamoa chempionatning barcha o‘yinlarini o‘tkazmasa to 2022-yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan chempionatgacha boshqa o‘yinlarga qo‘yilmaydi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya hukumati Skripalning zaharlanishiga daxldorligiga doir bironta ham ishonarli dalil rasmiy Moskvaga ma’lum emasligini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring