Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chimyon haqida mobil ilova yaratildi

Chimyon haqida mobil ilova yaratildi

Foto: «Mobinfo.uz»

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Botanika intituti mutaxassislari tomonidan «Flora Chimgan» nomli mobil dastur yaratildi. Mazkur Android-ilova yordamida Ugam-Chotqol hududida uchraydigan barcha o‘simliklar haqida ma’lumot olish mumkin, deb xabar berdi «Mobinfo.uz».

Masalan, turistlar, Chimyon tog‘i bo‘ylab harakatlanuvchilar dastur yordamida yo‘llarida uchragan o‘simlik haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Buning uchun dasturni ishga tushirish va smartfon kamerasini o‘simlikka yo‘naltirish kifoya. Mintaqadagi aksariyat o‘simliklar (220 turdagi) bazaga kiritilgan va siz ularni o‘ziga xos xususiyatlari — rangi va shakli yordamida ajratishingiz mumkin.

Dastur offlayn rejimida, internetsiz ishlaydi.

Ushbu mobil dasturni quyidagi havola orqali ko‘chirib olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring