Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi belgilandi

Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi belgilandi

Foto:«Trend.az»

Hukumat qarori  bilan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, turar joyni ijaraga olish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.

Turar joyni ajratish haqidagi qaror va ajratilayotgan joyga ko‘chib kirishga asos bo‘lgan order asosida o‘n kunda ijara shartnomasi tuziladi.

Davlat uy-joyidan foydalanganlik uchun ijara haqi turar joy maydonidan kelib chiqib turar joyning 1 kv.m. uchun Toshkent shahrida bir yilga eng kam oylik ish haqining 2 foizi, boshqa viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Ijara haqini to‘lash muddati shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u har oyda to‘lanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring