Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat xizmatlari: olti oyda 10 mingga yaqin qonun buzilishi aniqlandi  

Davlat xizmatlari: olti oyda 10 mingga yaqin qonun buzilishi aniqlandi  

Foto: «BaltNews.ee»

Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 9 829 ta qonunbuzilish aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga DXA Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Qonunbuzilishlar aksariyat hollarda muddatlarni buzish, ortiqcha hujjatlar talab qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatish, asossiz rad etishda namoyon bo‘lgan.

Qonunbuzilishlarning 5 705 tasi hokimliklar tomonidan, 776 tasi muhandislik tarmoqlariga ulashda, 538 tasi qurilish va 47 tasi kadastr bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 4 mingga yaqin ta’sir choralari ko‘rilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida 183 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 30 nafar shaxs vazifasidan ozod etilgan, 155 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring