Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng achchiq qalampirni yegan odam shifoxonaga yotqizildi

Dunyodagi eng achchiq qalampirni yegan odam shifoxonaga yotqizildi

Foto:«Hurriyet»

Dunyoda eng achchiq qalampir hisoblangan «Carolina Reaper»(Karolina o‘roqchi)ni yegan AQShlik bir kishi chaqmoq ovoziga o‘xshagan shovqin va surunkali bosh og‘rig‘i tufayli shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

«Carolina Reaper» eng achchiq qalampir sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Nyu-Yorkda o‘tkazilgan qalampir yeyish musobaqasida 34 yoshli amerikalik ushbu qalampirni iste’mol qilib mazzasi qochib qolgan. Uning musobaqada g‘olib bo‘lgan-bo‘lmagani hanuz noma’lum.

«New York Times»ga intervyu bergan doktor Kulotsungan Gunasekaranning aytishicha, achchiq qalampir tarkibidagi kapsaitsin moddasi qattiq bosh og‘rig‘i hamda shovqinga sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring