Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng tezkor superkompyuter o‘zgardi — yaponlar birinchi o‘ringa ko‘tarilishdi

Dunyodagi eng tezkor superkompyuter o‘zgardi — yaponlar birinchi o‘ringa ko‘tarilishdi

Foto: «Kyodo News»

Yaponiyaning RIKEN institutida o‘rnatilgan «Fugaku» superkompyuteri dunyodagi eng tezkor kompyuter deb tan olindi. Bu haqda «Top-500» xalqaro loyihasi ekspertlariga asoslanib «Kyodo» agentligi xabar berdi.

«Fugaku» shu paytgacha dunyodagi 500 ta eng kuchli superkompyuter reytingini boshqarib kelgan AQSh Milliy laboratoriyasidagi «Summit» superkompyuteridan 2,8 karra tezroq ishlaydi.

Sanoat, sun’iy intellekt hamda katta raqamlar bilan ishlash sohalarida natijadorlik borasida ham «Fugaku» boshqa kompyuter majmualarini ortda qoldirdi.

Superkompyuterni «Fujitsu» korporatsiyasi va RIKEN instituti ekspertlari birgalikda ishlab chiqishdi. «Fugaku»ning hisoblash quvvati soniyasiga 415 kvadrilliondan yuqori — bu shu paytgacha dunyodagi 500 ta eng kuchli superkompyuter reytingini boshqarib kelgan AQSh Milliy laboratoriyasidagi «Summit» superkompyuteridan 2,8 karra tezroq ishlashini anglatadi.

Uchinchi o‘rinda ham AQSh superkompyuteri, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda Xitoy kompyuterlari joylashgan.

Yaponlar koronavirus qanday tarqalishini aynan «Fugaku» yordamida aniqlashgani to‘g‘risida biz xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring