Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

E-ha, gap bu yoqda ekan-da?!

E-ha, gap bu yoqda ekan-da?!

MIB xodimlari uchun Qo‘qondagi «R.B.K.» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ishlab chiqarish sexiga kirish oson bo‘lmadi. Jamiyat rahbari va xodimlarining  turli bahona-vajlari bilan olti oy o‘tdi-ya.  Bu yoqda ijro hujjati muallaq, u yoqda jamiyat mutasaddilari «quloqqa tepish»ni qo‘ymaydi deng...

Nihoyat, sex eshiklari ochildi: MIB xodimlari tegishli sud qaroriga ko‘ra xatlov ishlarini qilayotib ko‘rdiki, sexiga tortib kelingan gazni hisobga olish uskunasidagi «strelka» ko‘rinmaydi? Shunaqasiyam bo‘ladimi? Bo‘larkan-da, agar «yo‘li» topilsa... Mana, jamiyat rahbari  D. Ravshanov, hisoblagichni ichidagi priborlarini   olib tashlabdi. Natijada  tabiiy gazdan «beg‘araz» foydalanib kelavergan. MIB xodimlarini  6 oy davomida ushbu sexga kiritmaslikning quvvati shunda ekan... 

Biroq  tajribali mutaxassislar hammasini tezda fosh qilib, davlat manfaatlariga 45 mln. 619 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilganini inkor etib bo‘lmaydigan darajada isbotlab qo‘ydilar. O‘z navbatida D. Ravshanov ham  miq etmay zararni qopladi. Aks holda, jinoiy javobgarlik xavf solayotganini bildi-da.

Beshariq tumani, Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi Yo.Xomidov ham tekin narsani xush ko‘radi chog‘i. U elektr energiyasi uchun to‘lov qilmasdan qonunga zid tarzda «bepul» foydalanishni ma’qul ko‘rgan.

Xususan, u o‘ziga tegishli bo‘lgan bog‘dorchilik yer maydonlarini sug‘orish uchun 7,4 kVt kuchlanishli ko‘tarma suv nasosini noqonuniy o‘rnatib olib     3 yil davomida foydalanib kelgan.  Bu vaqt oralig‘ida yetkazilgan zararlar hisob-kitob qilingandiki, miqdor 33 million so‘mdan oshib ketdi.

Nima qildik, okasi?

Ma’quli zararni qoplash. Aks holda...

Alqissa, zararlar to‘landi.  Bundan boshqa chorayam yo‘q-da.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring