Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eddi Myorfining «qaytishi»

Eddi Myorfining «qaytishi»

Foto: «Regnum»

Komik rollari bilan mashhurlikka erishgan amerikalik aktyor, 58 yoshli Eddi Myorfi stendap janrida ishlashga qaytishi mumkin. Bu haqda «Daily Mail» nashri yozmoqda.

«Yana bir bora urinib ko‘raman», — har xil mish-mishlarga aktyorning javobi shu bo‘ldi.

Myorfi eski janrga qaytish uchun davomli mashg‘ulotlar, qolaversa, shaxsiy vaqtni qayta rejalab olish kerakligini, ana undan so‘ng yakuniy xulosaga kelishini ta’kidladi.

Amerikalik aktyor, rejissyor, prodyuser va qo‘shiqchi Eddi Myorfi jahon darajasida 1980-yillarda tanilgan. Uni mashhur qilgan filmlardan biri «Beverli-Hillzlik politsiyachi»dir.

Ma’lumot uchun: Stendap-komediya (stendap; ingl. stand-up comedy) — komikning jonli auditoriya qarshisida chiqish qilishi; qiziqchilik.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring