Endi viloyatlar chegarasida yo‘l-patrul postlari bo‘lmaydi

Viloyatlar chegarasidagi yo‘l-patrul postlarini tugatiladi.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida viloyatlar chegarasidagi yo‘l-patrul postlari muammosiga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Hozirgi vaqtda viloyatlar o‘rtasida yo‘l-patrul postlarining eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zingiz o‘ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bo‘lsa, yo‘lda 17 ta postdan o‘tadi. Farg‘ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi», dedi Prezident.
Shu munosabat bilan viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish, patrul xizmati statsionar postlari sonini keskin kamaytirish lozimligi ta’kidlandi.
«Post-patrul xizmati xodimlarining videokamerasi bo‘lmasa, haydovchilar u bilan gaplashmasligi kerak. Kamera bo‘lmasa u pora olish payida bo‘ladi», qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter